AQSh prezidentligiga Demokratlar partiyasidan nomzod Hillari Klinton raqibi – Respublikachilar partiyasi vakili Donald Trampdan ko‘ra Rossiya rahbari Vladimir Putin bilan tushlik qilishni afzal, deb bildi. Bu haqida "Kun" nashri ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, sobiq bosh kotibga Klivlendga parvozi vaqtida shunday savol bilan murojaat qilishgan. AQShda sobiq prezident Ronald Reygan davrida urf bo‘lgan bir odat bor – unga ko‘ra, jurnalistlar samolyotning orqasidan uning old tomonida o‘tirgan nomzodga savollar yozilgan apelsinlarni dumalatishga urinishadi.
Klinton ana shunday apelsinlardan birida shunday savolni o‘qiydi: “Kim bilan tushlik qilishni afzal deb bilasiz” Putin va Trampdan bittasini tanlash kerak bo‘lgan. Bir necha daqiqadan so‘ng jurnalistlarga javob yozilgan apelsin qaytdi – nashrga ko‘ra, unda “Putin”, deb yozilgan bo‘lgan.
Klintonga berilgan savolga javobni o‘zi emas, apelsinni tutib olgan matbuot kotibi Nik Merril yozgan. Demokratlar nomzodining so‘zlariga ko‘ra, Klinton bir marta Putin bilan tushlik qilgan. Shunda Merril javobni o‘zi belgilagan va apelsinni jurnalistlarga qaytargan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Lukashenko agar norozilik namoyishlari bo‘lsa, Belarusda internetni butunlay “uzish” bilan tahdid qildi