14:24 / 25.05.2024
178

Avtomobildan pul sochgan «boyvachcha» 15 sutkaga qamaldi

Avtomobildan pul sochgan «boyvachcha» 15 sutkaga qamaldi
Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida yo‘lda tanasini avtomobil lyukidan chiqarib, soxta pul sochgan shaxs va haydovchiga chora ko‘rildi. Bu haqda IIV Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.

Haydovchilik guvohnomasi bo‘lmay turib transportni boshqargan hamda guruh bo‘lib harakatlangan haydovchilarga ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Qayd qilinishicha, «yo‘l harakati qoidalari va jamiyatda yurish-turish qoidalarini buzganlarga» nisbatan to‘plangan hujjatlar sudga yuborilgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘qon shahar sudi qarori bilan tanasini avtomobil lyukidan chiqarib, soxta pul sochgan shaxs 15 sutkaga, ushbu transportni boshqargan haydovchi 10 sutkaga qamaldi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Avtomobildan pul sochgan «boyvachcha» 15 sutkaga qamaldi