
Foto: O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati
Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin 26 may kuni davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keldi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.
Toshkent xalqaro aeroportida Rossiya prezidentini Shavkat Mirziyoyev kutib oldi.
Oliy martabali mehmon sharafiga ikki mamlakat davlat bayroqlari ko‘tarildi va faxriy qorovul saf tortdi.

Foto: O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati
Tashrifning asosiy tadbirlari ertaga, 27 may kuni bo‘lib o‘tadi.
Oliy darajadagi muzokaralar davomida rahbarlar O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yana-da rivojlantirish va chuqurlashtirish masalalarini ko‘rib chiqadi.

Foto: O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati
Sammit yakunlari bo‘yicha ikki tomonlama hujjatlar to‘plami qabul qilinishi rejalashtirilgan. Prezidentlar, shuningdek, O‘zbekiston va Rossiya hududlari kengashining birinchi yig‘ilishida ham ishtirok etadi.

Foto: O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar