23:00 / 26.05.2024
171

Navoiyda noqonuniy baliq ovlash natijasida tabiatga 1,2 mlrd so‘m zarar yetkazildi

Navoiyda noqonuniy baliq ovlash natijasida tabiatga 1,2 mlrd so‘m zarar yetkazildi
Foto: Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi matbuot xizmati
Navoiy viloyati Ekologiya boshqarmasi Konimex tuman bo‘limi davlat inspektorlari tomonidan navbatdagi nazorat reyd tadbiri o‘tkazildi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, tumanning “Sho‘rko‘l” MFY hududidagi reyd davomida fuqaro Y.O. tomonidan 5 ming metrlik sintetik to‘r yordamida tabiiy suv havzasi hududida 218 bosh baliq noqonuniy ovlanganligi aniqlandi. Natijada tabiatga 1 milliard 240 million 300 ming so‘m zarar yetkazilgan.

Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan MJtKning 90-moddasi (ov qilish va baliq ovlash qoidalarini, shuningdek hayvonot dunyosidan foydalanishning boshqa turlarini amalga oshirish qoidalarini buzish) 4-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

Yetkazilgan zararni undirish va tegishli chora ko‘rish maqsadida to‘plangan hujjatlar sud organlariga yuborilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Navoiyda noqonuniy baliq ovlash natijasida tabiatga 1,2 mlrd so‘m zarar yetkazildi