20:06 / 27.05.2024
683

Putin o‘zbekistonlik migrantlarni munosib mehnat sharoitlari bilan ta’minlashga va’da berdi

Putin o‘zbekistonlik migrantlarni munosib mehnat sharoitlari bilan ta’minlashga va’da berdi
Rossiya hukumati o‘zbekistonlik mehnat migrantlari uchun munosib mehnat sharoitlari va ijtimoiy himoyani ta’minlash uchun hamma narsani qiladi, dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin Toshkentga qilgan amaliy tashrifi chog‘ida.

«Ta’kidlab o‘tishimga ijozat bering: Rossiya hukumati biz bilan ishlayotgan O‘zbekiston fuqarolariga munosib mehnat sharoitlari va ijtimoiy himoyani ta’minlash uchun zarur bo‘lgan hamma narsani qilmoqda va bundan keyin ham qiladi», dedi Putin Rossiya-O‘zbekiston muzokaralaridan so‘ng.

U Rossiyada 1 milliondan ortiq O‘zbekiston fuqarosi yashab, mehnat qilayotganini ta’kidladi.

«Shavkat Miromonovich (Mirziyoyev) bunga hamisha yuqori e’tibor qaratadi, hozir ham bu haqda gaplashdik. Biz ularning Rossiya iqtisodiyotini rivojlantirishga, ayniqsa, qurilish, uy-joy kommunal xo‘jaligi, xizmatlar, transport va logistika kabi jadal rivojlanayotgan tarmoqlarga qo‘shayotgan salmoqli hissasini yuqori baholaymiz», dedi Putin.

Shuningdek, Putin migrantlar tomonidan vataniga yuborilayotgan pullar O‘zbekiston uchun jiddiy yordam ekanini ta’kidladi.

«Ularning vataniga yuborayotgan pullari, umid qilamanki, O‘zbekiston iqtisodiyoti, mamlakatning turli hududlaridagi oilalar uchun jiddiy yordamdir», dedi u.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Putin o‘zbekistonlik migrantlarni munosib mehnat sharoitlari bilan ta’minlashga va’da berdi