Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
«Dolzarb qirq kunlik» doirasida o‘tkazilgan tergov-tezkor harakatlar davomida jinoyat sodir etganlikda gumonlanib ushlangan jinoyat olami vakili 1985 yilda tug‘ilgan Buzrukov Buzruk Akmalovichga nisbatan sud jarayoni boshlangan.
B.Buzrukov bilan birgalikda uning yana bir jinoyat sherigi Doniyor Ibragimov ham sud qilinmoqda.
Har ikkala sudlanuvchi ham tergovda Jinoyat kodeksining 165-modda 3-qismi a-bandi (tovlamachilik), 168-modda 3-qismi b-bandi, 4-qismi a-bandi (firibgarlik) va 277-modda 3-qismi a-bandi (bezorilik) bilan ayblangan.
Jinoyat ishida 4 nafar fuqaro jabrlanuvchi sifatida jalb etilgan.
Ma’lumot uchun, Buzrukov Buzruk Akmalovich 2023 yil 5 dekabr kuni «Dolzarb qirq kunlik» doirasida o‘tkazilayotgan tergov-tezkor harakatlar davomida ushlangandi.
«Buzruk» laqabli ushbu shaxsning instagramdagi sahifasida 130 mingdan ortiq o‘quvchi bo‘lib, u sahifasida hashamatli hayotidan lavhalarni joylab borardi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi