Foto: Videodan kadr
Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan Haj ziyoratiga yuborish bilan bog‘liq qator noqonuniy holatlar fosh etildi.
Xususan, Toshkent shahrining Chilonzor tumanida yashovchi shaxs Shayxontohur tumanida istiqomat qiluvchi fuqaroni ishonchiga kirib, tanishlari yordamida, unga Saudiya Arabistoniga Haj safariga borishi uchun zarur bo‘ladigan viza hujjatlarini tayyorlab berish va ziyoratga yuborish evaziga 8,5 ming AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar ushlandi.
Boshqa holatda esa poytaxtda faoliyat yurituvchi sayyohlik firmasi xodimi Shayxontohur tumanida yashovchi fuqaroni soxta hujjatlar orqali Haj ziyoratiga yuborish evaziga 5,5 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi.
Yana bir sayyohlik firmasi boshqaruvchisi va uning xodimi ham Yashnobod tumanida yashovchi fuqaroning ishonchini suiiste’mol qilib, joriy Haj-2024 mavsumida Saudiya podshohligiga muborak safarga yuborish evaziga 8,5 ming AQSH dollari talab qilishib, 4 ming AQSH dollari olgan vaqtlarida qo‘lga olindi.
Qo‘qon shahrida faoliyat yurituvchi sayyohlik firmasining ish boshqaruvchisi 2 nafar fuqaroni Haj amallarini bajarishlari uchun Saudiya Arabistoniga yuborish evaziga 12 ming AQSH dollari talab qilib, 10 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi.
Qo‘qon shahrida kuzatilgan yana bir holatda, boshqa sayyohlik firmasi xodimi mahalliy fuqaroni hoji maqomiga ega bo‘lishi uchun Haj ziyoratiga yuborish evaziga 6 ming AQSH dollari talab qilib, 3 ming AQSH dollari olgan vaqtida qo‘lga olindi.
Hozirda barcha holatlar yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar