
Ekologiya vazirligi “Yangi O‘zbekiston”da 10 000 ta plastik o‘rdakchalar tushirilishiga munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi bunday xatti-harakatlarni keskin qoralaydi. Bunday holatlar qonunga ko‘ra javobgarlikka sabab bo‘lishi ma’lum qilindi.
Holat yuzasidan vazirlik tomonidan voqea joyiga chiqilib, mutasaddilar bilan tushuntirish ishlari olib borildi. Bunday xatti-harakatlar “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi va “Chiqindilar to‘g‘risida”gi qonunlarni qo‘pol ravishda buzish hisoblanishi hamda javobgarlikka sabab bo‘lishi to‘g‘risida qat’iy ogohlantirildi.
Vazirlik istirohat bog‘lari, dam olish maskanlari mutasaddilarini ekologiyaga zarar keltiradigan xatti-harakatlarni amalga oshirmaslikka chaqirdi. Shuningdek, blogerlar, vaynerlar, ijtimoiy tarmoqlar faollaridan tabiatni asrab-avaylashga qaratilgan g‘oyalarni targ‘ib qilishni, bu mavzularda ijtimoiy roliklar tayyorlashni so‘radi.
“Plastik buyumlar uzoq muddat chirimaydi va chiqindi sifatida tabiatga katta zarar yetkazadi. Shunday ekan, o‘zimiz va farzandlarimiz yashab turgan tabiatni toza saqlashga, asrab-avaylashga hissa qo‘shaylik”, — deyiladi xabarda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar