214
“Ashxobod” bog‘i rahbari tekinga o‘yinchoq va muzqaymoq tarqatilishi ortidan 15 sutkaga qamaldi
Foto: Videodan kadrlar
“Ashxobod”dagi vaziyat ortidan bog‘ direktori, uning o‘rinbosari va reklama bo‘limi boshlig‘iga 15 sutka qamoq jazosi berildi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar qildi.
Ma’lum qilinishicha, 1 iyun kuni soat 12:00 da Toshkent shahridagi “Ashxobod” ko‘ngilochar bog‘ida tekinga 20 mingta o‘yinchoq va muzqaymoq tarqatilishi haqida bog‘ ma’muriyati tomonidan ijtimoiy tarmoqda reklama chiqarilgan. Biroq bir vaqtning o‘zida o‘yinchoq oluvchi va kuzatuvchilar bilan taxminan 40 ming nafar fuqaroni bog‘ hududida jamlashning imkoni bo‘lmasligi, yo‘l harakati va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash talablarga javob bermasligi sababli bu tadbirni o‘tkazmaslik haqida bog‘ rahbariyati ogohlantirilgan.
Lekin bog‘ ma’muriyati ommaviy tadbirlarni o‘tkazish talablariga rioya etmasdan, tekinga o‘yinchoqlar tarqatilishi haqidagi reklamani ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatib, bog‘ hududida va uning atrofida aholini ommaviy ravishda to‘planishiga sababchi bo‘lgan va bu harakati orqali fuqarolarga xavf tug‘dirgan.
Natijada bog‘ hududidiga kirish/chiqish va ayrim ichki yo‘nalishlarida tiqilinch vaziyat hamda boqqa olib keluvchi va yaqin avtomobil yo‘nalishlarida tirbandliklar yuzaga keldi.
Huquqni muhofaza qiluvchi idoralarning sa’y-harakati bilan bu tirbandliklar bartaraf etilib, fuqarolar tinch tarqatilgan.
Mazkur holat yuzasidan Yashnobod tumani IIO FMB tomonidan bog‘ direktori — 1981 yilda tug‘ilgan A.N., direktor o‘rinbosari — 1987 yilda tug‘ilgan A.Z. va reklama bo‘limi boshlig‘i — 1994 yilda tug‘ilgan D.T.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 185-3, 200-1 va 201-moddalariga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tumani sudi tomonidan ushbu fuqarolarga 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.
Foto: Toshkent shahar IIBB
IIBB ommaviy tadbirni o‘tkazishga ruxsat olish uchun bir oy oldin murojaat qilish lozimligini, ruxsat berilmagan ommaviy tadbirni o‘tkazish qonunchilikka muvofiq javobgarlikka sabab bo‘lishini bildirdi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi