14:45 / 03.06.2024
58

Oilalar yarashib tiklanishi sabab, farzandlar quvonmoqda!

Oilalar yarashib tiklanishi sabab, farzandlar quvonmoqda!
Oila azal-azaldan muqaddas qo‘rg‘on sanalgan. Inson oilada dunyoga keladi, ulg‘ayib kamol topadi. Eng avvalo oila mustahkam, tinch bo‘lsa jamiyat barqaror bo‘ladi, unib o‘sayotgan farzandlar har tomonlama barkamol bo‘lishiga imkon yaratiladi.

Byuroning Quva tumani bo‘limi tomonidan aliment undirish mobaynida undiruvchi va qarzdorlar bilan suhbat asnosida tushuntirishlar sabab ko‘plab oilalarning yarashtirilishiga erishildi.

Xususan, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Farg‘ona tumanlararo sudining qaroriga asosan E.O..dan undiruvchi X.T. foydasiga voyaga yetmagan 1 nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun 1/4 qism miqdorda aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati bo‘yicha Byuro tomonidan olib borilgan suhbatlar natijasida 29.05.2024 yil kuni taraflar o‘zaro yarashib, oilasini qayta tiklashdi, 1 nafar voyaga yetmagan farzand quvonch ila ota-ona bag‘rida birga yashaydigan bo‘ldi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Oilalar yarashib tiklanishi sabab, farzandlar quvonmoqda!