17:28 / 03.06.2024
200

Bitkoin, notkoin va boshqa shu kabi kriptavalyutalar savdosi bo‘yicha fatvo berildi

Bitkoin, notkoin va boshqa shu kabi kriptavalyutalar savdosi bo‘yicha fatvo berildi
Islom dinida bitkoin, notkoin va boshqa shu kabi kriptavalyutalarda savdo-sotiq qilishga munosabat qandayligi bo‘yicha Fatvo markazi ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, bitkoin, notkoin kabi kriptavalyutalarni o‘zaro ayriboshlash va ular bilan savdo-sotiq qilish shar’an joiz emas.

Chunki ushbu kriptovalyutalarda shariat tomonidan pulga qo‘yilgan talablar topilmaydi. Qolaversa, ularni biror davlat ishlab chiqarmagani yoki rasman tan olmagani, narxining keskin o‘zgaruvchanligi hamda unda qimor alomatlari borligi u bilan muomala qilish harom ekaniga asos bo‘ladi.

Shuni ham ta’kidlash joizki, hozirda faqat elektron ko‘rinishda mavjud bo‘lgan “raqamli pul”lar vaqt o‘tishi bilan shariatimizga muvofiq tovar va pulga qo‘yilgan shartlarga to‘liq javob bera olsa, shundagina ulardan foydalanishning hukmi ham o‘zgarishi mumkin.

Demak, kriptovalyutalarning hukmi halol bo‘lmaguncha mo‘min musulmonlar bu pullar bilan savdo qilmay turishlari lozimdir.

Kriptavalyutalar savdosi hozirga qadar dunyo musulmon ularmolari birlashmasi, Saudiya Arabistoni kibor ulamolari hay’ati, Misr Arab Respublikasi “Dorul ifto” fatvo markazi, Iordaniya fatvo idorasi, Turkiya diyonat ishlari boshqarmasi fatvo markazi, Liviya fatvo uyi va Falastin fatvo markazi kabi nufuzli fatvo uyushmalar tomonidan harom deb e’lon qilingan
”, — deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bitkoin, notkoin va boshqa shu kabi kriptavalyutalar savdosi bo‘yicha fatvo berildi