22:03 / 03.06.2024
677

“Ko‘cha” sudlanmoqda :“Baxti Tashkenskiy” ayblovni rad etdi, yana bir sudlanuvchi ayblovni eshitib, qo‘rqib ketdi

“Ko‘cha” sudlanmoqda :“Baxti Tashkenskiy” ayblovni rad etdi, yana bir sudlanuvchi ayblovni eshitib, qo‘rqib ketdi
Jinoyat olamida “qonundagi o‘g‘ri — Baxti Tashkenskiy” maqomini olgan Baxtiyor Qudratullayev va 36 nafar ayblanuvchi bo‘yicha sud majlisi boshlandi. Bu haqda sudda qatnashgan “Daryo” jurnalisti xabar berdi.

Foto: “Daryo”
Jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudida JIB Shayxontohur tuman sudi raisi Tolibjon Obidov boshchiligidagi sudlov hay’ati “ko‘cha” nomini olgan to‘da ishini ko‘rib chiqishni boshladi.

Foto: “Daryo”
Dastlabki tergov organining ayblov xulosasiga ko‘ra, sudlanuvchilar — B.Qudratullayev, Sh.Qurbanov, B.Zafarov, Sh.Rahimov, A.Xo‘jayev, D.Sharipov, A.Mirzaxonov, Sh.Sulaymonqulov, A.Norqulov, S.Hotamov, N.Jumaniyazova, R.Shakurov, Sh.Qudratullayev, T.Turmonov, F.Vapayev, M.Nosirxo‘jayev, D.Mo‘minxo‘jayev, M.Usmonboyev, M.Shodmanov, B.Xudyorov, A.Mashrafxonov, V.Qurbanov, A.Mahamadiyorov, A.Jo‘rayev, B.Bakayev, I.Qudratullayev, A.Aliyev, J.Soliyev, A.Tursunboyev, B.Normirzayev, F.Kamalov, M.Mirzoyev, N.Bagadirov, A.Shelyov, M.Qurbanov, O.Islomov va M.Ibodullayev Jinoyat kodeksining 104, 109, 138, 165, 168, 228, 242, 243, 273, 276 va 277-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.

Oliy sud axborot xizmatining aniqlashtirishicha, 36 nafar sudlanuvchiga nisbatan “qamoqqa olish” va bir nafariga “garov“ tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Foto: “Daryo”
"Tasdiqlangan ayblov xulosasiga ko‘ra mazkur jinoyat ishi doirasida 46 nafar jabrlanuvchi va 70 nafar guvoh aniqlangan", — deyiladi mas’ullar izohida.

Bugun, 3 iyun kuni boshlangan sud majlisida dastlab 37 nafar sudlanuvchining shaxsiga aniqlik kiritildi. Advokatlar va sudlanuvchilarning iltimosnomalari tinglandi. Davlat ayblovchisi tomonidan jinoiy guruh ta’zolariga nisbatan e’lon qilingan ayblov xulosasi o‘qib eshittirildi.

Foto: “Daryo”
“Baxti Tashkenskiy” o‘ziga nisbatan e’lon qilingan barcha ayblovlarni rad etgan bo‘lsa, yana bir sudlanuvchi prokuror ayblovida o‘ziga qo‘yilgan ayblovlarni eshitib, qo‘rqib ketganini aytdi.

Sud 5 iyun, soat 10:00 ga qadar tanaffus e’lon qildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Ko‘cha” sudlanmoqda :“Baxti Tashkenskiy” ayblovni rad etdi, yana bir sudlanuvchi ayblovni eshitib, qo‘rqib ketdi