1 159
Viloyatliklarni haqorat qilib, 15 sutka qamalgan qizning otasi: “O‘zim qo‘qonlik, onasi shahrisabzlik”
Foto: Videodan kadr
Viloyatliklarni tilga olib bo‘lmas so‘zlar bilan haqorat qilib, shu qilmishi uchun 15 sutkaga qamalgan qizning otasi farzandining qilmishi yoshlikdagi xatolik ekanini aytib, qizining aksariyat tanishlari ham viloyatliklar ekanini, qolaversa, o‘zi va ayoli ham viloyatdan ekanini ta’kidlamoqda.
"Misol uchun, uning (qizimning) onasi ham viloyatlik, qashqadaryolik. Men ham viloyatdanman. Qo‘qonlikman. Endi bu qiz yosh, mana shunaqa deb yuboraveradi", — deydi qizining qilmishiga izoh bergan ota.
O‘zbekistondagi mavjud viloyatlarda yashovchi aholining Toshkent shahriga kelishini qoralagan qiz “Hamma o‘zining viloyatida yashaganda, viloyatliklar Toshkentga kelishmasa, biz baxtli yasharmidik, ensamiz qotmasdan”, — deydi Instagram'da tarqalgan videosida.
Ma’lum bo‘lishicha, qizning bu qilmishi bugun, soat 15:30 da Toshkent shahar Yakkasaroy tuman sudida ko‘rib chiqilgan. Ko‘pchilikni haqorat qilgan qizga 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.
"Jahl ustida Instagram'dagi sahifamga shunday “istoriya” olgandik. Orqamizda kelayotgan viloyatlik ikki bola qiliq qilgani uchun ularga atab shunaqa video olgandim. Bu video Instagram'imda chiqqandi. Shundan so‘ng yangilik tarqatuvchi Telegram kanallar tarqatib yuborgan ekan", — deydi gapini izohlagan sudlanuvchi.
Qizining qilmishi haqida jurnalistlarga gapirib bergan ota farzandi viloyat aholisini hurmat qilishini, yaxshi ko‘rishini, ammo yoshlik qilganini aytgan.
Foto: Videodan kadr
"Gapirgan gaplarim xato, tarbiyasizlik qildim. Tan olaman. Videoyim tarqalganidan so‘ng, tanishim telefon qilib aytdi. Keyin Instagram'ga kirsam, shu video hamma joyga tarqalgan ekan. Keyin ikki soatlardan so‘ng kelib, meni olib ketishdi", — deydi qiz.
Sudlanuvchi yoshlik qilganini, buning uchun viloyatliklardan, xalqdan uzr so‘rashini aytdi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi