13:30 / 04.06.2024
398

“Ko‘cha” sudidagi yagona ayol tergovda unga bosim qilingani, kuch ishlatilganini aytdi

“Ko‘cha” sudidagi yagona ayol tergovda unga bosim qilingani, kuch ishlatilganini aytdi
Foto: “Daryo”
Jinoyat olamida “qonundagi o‘g‘ri — Baxti Tashkentskiy” maqomini olgan Baxtiyor Qudratullayev va 36 nafar ayblanuvchi bo‘yicha sud majlisi boshlangani xabar berilgandi. Sudning birinchi majlisini kuzatgan “Daryo” muxbiriga ko‘ra, 37 nafar sudlanuvchi orasidagi yagona ayol tergovda unga bosim qilinganini, kuch ishlatilganini aytgan.

Sudlanuvchi Nargiza Jumaniyozovaning himoyachisi advokat Abdullayev himoyasi ostidagi shaxsning sudlanuvchilar orasida yagona ayol ekanini, o‘zbek xalqi ayolga har doim ehtirom ko‘rsatishini, yagona ayolning 35 nafar sudlanuvchilar orasida ichkarida o‘tirishi unga va ko‘pchilikka noqulay bo‘layotganini aytib, qamoq tarzidagi ehtiyot chorasini o‘zgartirishni so‘radi.

Mazkur iltimosnomani tasdiqlagan sudlanuvchi Jumaniyozova unga nisbatan qo‘llanilgan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini o‘zgartirishni so‘radi. Shuningdek, qo‘lga olinganidan beri onasi va farzandlari bilan ko‘risholmaganini aytdi. Tergov davomida unga kuch ishlatilgani, bosimga uchraganini qo‘shimcha qildi.

Sud advokat Abdullayev tomonidan kiritilgan iltimosnomani muhokama qilib, uni rad etgani haqida ajrim chiqardi.

Tergov hujjatlarida keltirilishicha, Nargiza Jumaniyozova Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi (tovlamachilik) bilan ayblanmoqda. U Baxti Tashkentskiy yordami bilan sobiq turmush o‘rtog‘ini qo‘rqitib, har oy farzandlarining o‘qishi uchun 18 million so‘mdan pul undirib kelgan.

Sud 5 iyun, soat 10:00 ga qadar tanaffus e’lon qildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Ko‘cha” sudidagi yagona ayol tergovda unga bosim qilingani, kuch ishlatilganini aytdi