Kinematografiya agentligi direktori Firdavs Abduxoliqov vazifasidan ozod etildi. Bu ma’lumotni Kun.uz'ning hukumatdagi manbasi tasdiqladi.
Abduxoliqov endi Islom sivilizatsiyasi markaziga direktor bo‘lishi kutilmoqda.
Kinematografiya agentligiga esa yozuvchi Shuhrat Rizayev yangi rahbar bo‘ladi. U 2017 yil avgustidan buyon agentlik rahbarining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.
O‘zbekistondagi dastlabki xususiy telekanallardan biri — «STV» va ilk nodavlat gazetalardan biri — «Darakchi»ga asos solgan Firdavs Abduxoliqov 2003 yildan O‘zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasiga rahbarlik qilgan. 2019 yil sentyabrida esa Kinematografiya agentligi (o‘sha vaqtda «O‘zbekkino») direktori etib tayinlangandi.
2020 yil aprelida 100 dan ortiq kinoijodkor Firdavs Abduxoliqov ustidan bosh vazir Abdulla Aripovga shikoyat qilgan edi. Murojaatchilar Firdavs Abduxoliqov kinematografiya sohasini rivojlanish bo‘yicha kompleks yondashuv va konseptual qarorlarni qabul qilish o‘rniga sohani rivojlantirishga mutlaqo aloqador bo‘lmagan faoliyat bilan shug‘ullanib kelayotgani, ko‘p yillik tajribaga ega xodimlarni chetlatib, ularning o‘rniga kino sohasidan yiroq bo‘lgan, uning o‘zigagina qarashli odamlarni boshqarma va bo‘limlar rahbarligiga tayinlash amaliyoti yo‘lga qo‘yilganidan norozi bo‘lishgandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi