13:13 / 06.06.2024
55

Tadqiqot: tatiurovkalar saraton xavfini oshirishi mumkin

Tadqiqot: tatiurovkalar saraton xavfini oshirishi mumkin
Foto: Collins Lesulie/ Unsplash
Shvetsiyada olimlar tatiurovkalar saraton keltirib chiqarish xavfini oshirishi mumkinligini aniqladi. Olimlar o‘tkazgan tadqiqot eClinicalMedicine tibbiy jurnalida e’lon qilindi. O‘rganishlar Shvetsiyada yashovchi 12 ming kishi o‘rtasida olib borilgan. Ular 2007 va 2017 yillarda limfoma saratoni tashxisi qo‘yilgan 3 mingga yaqin kishini xuddi shuncha saratonga chalinmagan kishiga yosh va jinsiga qarab taqqoslab chiqqan.

Limfa tizimi saratoni tananing mikroblar va kasalliklarga qarshi kurashishga yordam beruvchi qismida sodir bo‘ladi. Bu saraton turining xavf omillariga immun tizimini susaytiradigan kasalliklar, immun buzilishlari, OITS, yosh va oila tarixi bilan bog‘liq turli infeksiyalar kiradi. Ba’zi pestitsid va gerbitsidlar, masalan, tamaki tutuni limfoma saratoniga sabab bo‘lishi mumkin.

2021 yilda tadqiqotchilar o‘zlari aniqlagan ishtirokchilarga saraton xavfini oshiradigan turmush tarzi kechirganmi-yo‘qmi, tatuaji borligi haqida savollar yuborgan.

Shu tadqiqot natijasida olimlar tatuaj limfa tizimi saratoni xavfini 21 foizga oshirishi mumkinligi haqida xulosa bergan. Lekin tatuaj — to‘g‘ridan to‘g‘ri sabab emas, balki faqat assotsiaya bo‘lishi mumkin. Tatuajning zarari haqida ko‘proq tadqiqotlar olib borish kerak, degan xulosa berilgan.

Biroq tadqiqotchilar inson tanasining qanchalik katta qismida tatiurovka borligi saraton xavfini shunchalik oshirishiga oid bog‘liqlik topmagan. ammo ular hajmdan qat’i nazar tatiurovka tananing quyi qismlarida ham yallig‘lanishlar sodir bo‘lishiga olib keladi, degan fikrda.

Hozirgacha tatiurovkaning sog‘liqqa ta’siri juda kam o‘rganilgan, lekin uning ommalashayotgani bu boradagi tadqiqotlarni aktual qilib qo‘yadi. 2023 yilgi ma’lumotga ko‘ra, AQSHdagi har 3 odamning birida tatiurovka bor.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Tadqiqot: tatiurovkalar saraton xavfini oshirishi mumkin