08:34 / 07.06.2024
100

O‘zbekiston prezidentining Turkiyaga rasmiy tashrifi yakunlandi

O‘zbekiston prezidentining Turkiyaga rasmiy tashrifi yakunlandi
Anqara shahridagi samarali O‘zbekiston-Turkiya sammiti yakunlandi. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning rasmiy tashrifi doirasida qator oliy darajadagi tadbirlar o‘tkazildi.

Davlat rahbarlari tor doirada uchrashuv va Strategik hamkorlik kengashining uchinchi yig‘ilishini o‘tkazdilar.

Muzokaralar yakunida ikki davlat o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklikni chuqurlashtirish to‘g‘risida qo‘shma deklaratsiya va 19 ta ikki tomonlama hujjat imzolandi.

Prezidentlar ilk bor yetakchi korxona va kompaniyalar rahbarlari bilan qo‘shma uchrashuv o‘tkazdilar.

Davlat rahbarini Turkiyaning oliy davlat mukofoti – "Turkiya Respublikasi nishoni" bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tashrif tadbirlari yakunlanganidan so‘ng, "Esonbug‘a" xalqaro aeroportida prezident Shavkat Mirziyoyev va rafiqasini prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘an va rafiqasi kuzatib qo‘ydi.

Davlat rahbari Toshkentga jo‘nab ketdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekiston prezidentining Turkiyaga rasmiy tashrifi yakunlandi