154
O‘zbekistonlik mehnat migrantlariga subsidiya, kompensatsiya ajratish tartibi ishlab chiqildi
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining “Mehnat migrantlariga subsidiya, kompensatsiya ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘i loyihasi e’lon qilindi.
Ushbu nizom prezidentning 2024 yil 4 apreldagi “Mehnat migratsiyasi jarayonlarini takomillashtirish hamda xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijga ketayotgan, shuningdek xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston fuqarolariga subsidiya, kompensatsiya ajratish tartibini belgilaydi.
“Xorijda ish” mehnat migratsiyasi elektron dasturiy majmuasida ro‘yxatdan o‘tgan va tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasiga ketayotgan fuqarolarga:
- xorijiy tillar va (yoki) kasb bo‘yicha malaka imtihonlarini topshirish bilan bog‘liq xarajatlarini qoplash uchun, basharti ular muvaffaqiyatli topshirilganda va sertifikat olinganda — BHMning uch baravarigacha (1 million 20 ming so‘mgacha) miqdorda;
- xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirishga ishchi vizani rasmiylashtirish bilan bog‘liq xarajatlarini qoplash uchun — BHMning besh baravarigacha (1,7 million so‘m) miqdorda;
- yo‘l chiptasini xarid qilish bilan bog‘liq xarajatlarini qoplash uchun — BHMning ikki baravarigacha (680 ming so‘mgacha) miqdorda kompensatsiya to‘lanadi.
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali kam ta’minlangan oila sifatida e’tirof etilgan yoki “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”dan biriga kiritilgan va tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasiga ketayotgan fuqarolarning sog‘lig‘i va hayoti, shuningdek, boshqa tavakkalchiliklarini sug‘urtalash bo‘yicha sugari fuqarolarning sog‘lig‘i va hayoti, shuningdek, boshqa tavakkalchiliklarini sug‘urtalash bo‘yicha sug‘urta mukofotini qoplash to‘g‘risida jamg‘armaga buyurtmanoma kiritadi.
Buyurtmanoma quyidagi hollarda rad etilishi mumkin:
- fuqaro “Xorijda ish” mehnat migratsiyasi elektron dasturiy majmuasida “xorijda ishga joylashgan shaxs” maqomida bo‘lmasa;
- agentlik yoki litsenziyalangan xususiy bandlik agentliklari orqali tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasiga ketmagan bo‘lsa;
- “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali kam ta’minlangan oila sifatida e’tirof etilgan yoki “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”dan biriga kiritilgani tasdiqlanmasa;
- sug‘urtada taxmin qilinayotgan voqealar tavakkalchiligi to‘liq rasmiylashtirilmagan bo‘lsa;
- har bir sug‘urtalangan fuqaro uchun 12 oylik davr mobaynida bir martadan ortiq murojaat qilingan bo‘lsa.
Subsidiya, kompensatsiyalar 2024 yil 1 iyundan boshlab Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi hisobidan amalga oshiriladi.
Kompensatsiyalar olish bo‘yicha ariza quyidagi hollarda rad etilishi mumkin:
- fuqaro “Xorijda ish” mehnat migratsiyasi elektron dasturiy majmuasida “xorijda ishga joylashgan shaxs” maqomida bo‘lmasa;
- agentlik yoki litsenziyalangan xususiy bandlik agentliklari orqali tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasiga ketmagan bo‘lsa;
- asoslantiruvchi hujjatlar bo‘lmasa yoki talabga javob bermasa.
Ariza rad etilgan taqdirda fuqaro ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etgan holda qayta murojaat qilishi mumkin.
Ma’lumot uchun, oxirgi ikki yilda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan 70 ming kishi rivojlangan davlatlarga yuborilgan. 2024 yilning yanvar mart oylarida mehnat migratsiyasidan 58 ming nafar, aprelda 57 ming nafar fuqaro qaytib kelgani ma’lum qilingandi. Yil oxirigacha yana 250-300 ming kishi qaytishi prognoz qilinmoqda. Qaytgan fuqarolarni ishga joylashtirish yuzasidan topshiriqlar berilgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Metabolizm sekinlashganining belgilari