71
Uy-joy sohasida “aholi—boshqaruv kompaniyasi—kommunal tashkilot va pudratchi” zanjiri yaratiladi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident raisligida bo‘lib o‘tayotgan yig‘ilishda respublikadagi 39 mingga yaqin ko‘p qavatli uyga 819 ta boshqaruv kompaniyasi xizmat ko‘rsatayotgani ta’kidlandi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Soliq imtiyozi, arzon kredit berilgani, eski qarzlar “muzlatilgani” hisobiga ular oyoqqa turayotgani ta’kidlandi. Bir yil oldin 133 ta boshqaruv kompaniyasi “og‘ir” toifada bo‘lgan bo‘lsa, hozir bunday kompaniya qolmadi.
Natijada yil boshidan 2 ming 100 ta ko‘p qavatli uy ta’mirlandi, 1 millionga yaqin daraxt va gul ko‘chatlari ekildi. Bu borada Andijon, Surxondaryo, Navoiy viloyatlari va Toshkent shahrida sezilarli o‘zgarishlar bo‘ldi.
Yig‘ilishda hamma joyda ham odamlar uylarni boshqarish sifatidan rozi emasligi qayd etildi. Ko‘plab boshqaruv kompaniyalari faqat ko‘chalarni supurish va tozalash, joriy ta’mirlash bilan cheklanayapti. Lekin uylar atrofini obodonlashtirish, tom, ichki va sug‘orish tarmoqlarini soz holda saqlab turish kabi asosiy vazifalar e’tibordan chetda qolib ketmoqda.
Yaqinda boshqaruv kompaniyalari xizmati uchun tarifning eng kam miqdori belgilandi. Endi boshqaruv va ekspluatatsiya sifati ham shunga yarasha bo‘lishi kerakligi ko‘rsatib o‘tildi.
Boshqaruv kompaniyalari aholi va kommunal tashkilot o‘rtasida “ko‘prik” bo‘lishi kerakligi qayd etildi. Bundan buyon ikki yildan oshmagan uylarda, ya’ni kafolat muddatida muammo chiqsa, pudratchi bilan birga ularni bartaraf qilishga mas’ul bo‘lishi belgilandi.
Uy-joy kommunal soha mutasaddilariga “aholi – boshqaruv kompaniyasi – kommunal tashkilot va pudratchi” zanjirini yaratish topshirildi.
Ko‘p qavatli uylar seysmo-konstruksiyasiga noqonuniy o‘zgartirish kiritish holatlari kuzatilayotgani, yangi ko‘p qavatli uylarda bino cho‘kishi, undagi yoriqlar, sho‘rlanish va sifat bo‘yicha aholidan e’tirozlar bo‘layotgani qayd etildi.
Mas’ul tashkilotlarga uylar xavfsizligi va infratuzilma sifati bo‘yicha pudratchilar majburiyati bajarilishini qat’iy nazoratga olish, konstruksiyani noqonuniy o‘zgartirish holatlarini erta aniqlash tizimini joriy qilish topshirildi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»