17:56 / 11.06.2024
168

FVV rahbari “Hisorak” suv ombori bo‘yicha bayonot berdi: “Favqulodda vaziyat sodir bo‘lmagan”

FVV rahbari “Hisorak” suv ombori bo‘yicha bayonot berdi: “Favqulodda vaziyat sodir bo‘lmagan”
Foto: Telegram / Ahror Sodiqov
Favqulodda vaziyatlar vaziri Abdulla Qo‘ldoshev “Hisorak” suv omboridagi vaziyat bo‘yicha bayonot berib, hech qanday vahimaga o‘rin yo‘qligini ma’lum qildi.

Uning bildirishicha, Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumanida “Hisorak” suv omborida favqulodda vaziyat vujudga kelgani va suv toshib chiqayotgani to‘g‘risida xabarlar tarqalgach, zudlik bilan Respublikadan mutaxassislar tarkibidan iborat bo‘lgan ishchi guruhlari yetib kelib, joydagi holat o‘rganildi.

"Aniqlandiki, bugungi kunda hech qanday favqulodda vaziyat sodir bo‘lmagan. O‘rganishlar natijasida “Hisorak” suv ombori shtat rejimida ishlayotgani ma’lum bo‘ldi", — deydi Abdulla Qo‘ldoshev.

Uning qayd etishicha, bu yil ob-havoning seryog‘in kelgani va kunlarning isib ketib, tog‘lardagi qorlarning erishi birmuncha tezlashgani va yer namligi oshgani “Hisorak” suv omborining yonbag‘irlarida joylashgan, o‘z yo‘li bilan kelayotgan suvlarning birmuncha ko‘payishiga olib kelgan. Lekin asosiy suv omborining birorta parametri o‘zgarmagan, shtat rejimida ishlayotgan bo‘lgan.

"Kuni kecha tepadan keladigan suvning bir muncha ko‘payganini hisobga olib, bu yerda hammaga ma’lumki, suv omboridagi suvning hajmi balans berish kerak. Balans berish natijasida bir vaqtda o‘z rejadagi yoki belgilangan vaqtda suv tashlash ishlari amalga oshirilgan. Uni ham hisob-kitoblar qilganda, 40 kub/sekund tashlagani ma’lum bo‘ldi. Vaholanki, bu suv omborining loyihaviy suv tashlash qobiliyati 250 kubga tengdir", — deydi FVV rahbari.

Suv ombori yaqinida turib vaziyat haqida ma’lumot bergan vazir hech qanday xavf-xatarga, vahimaga umuman o‘rin yo‘qligini ta’kidladi.

"Sizib chiqayotgan suvlarning hajmiga keladigan bo‘lsak, loyihaviy sizib chiqishi mumkin bo‘lgan, to‘g‘onning o‘zidan emas, uning atroflaridagi inshootlardan sizib chiqish imkoniyati o‘z loyihaviy 122 litr/sekundiga ruxsat berilgan yoki 122 litr/sekund me’yoriy norma hisoblanadi. Lekin kuni kecha shu voqea yoki xabar tarqaganda sarhisob qilinganida bor yo‘g‘i 66 litr/sekundiga chiqayotgani ma’lum bo‘ldi", — dedi Abdulla Qo‘ldoshev.

U shu sohadagi mutaxassis, Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbari sifatida hech qanday vahimaga o‘rin yo‘qligini yana bir bor ta’kidladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » FVV rahbari “Hisorak” suv ombori bo‘yicha bayonot berdi: “Favqulodda vaziyat sodir bo‘lmagan”