12:51 / 12.06.2024
108

Toshkentda avtokran ta’mirlash ishlari olib borilayotgan chuqurga tushib ketdi

Toshkentda avtokran ta’mirlash ishlari olib borilayotgan chuqurga tushib ketdi
Foto: Videodan kadr
2024 yilning 11 iyun kuni Toshkent shahar Chilonzor tumani Cho‘ponota ko‘chasi hududida avtokran ta’mirlash ishlari olib borilayotgan chuqurga tushib ketdi. Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, yuz bergan holatda avtokran haydovchining ehtiyotsizligi oqibatida ta’mirlash ishlari olib borilayotgan chuqurga yaqin borib qolgan.

Natijada, avtokran o‘z og‘irligi bilan sirpanishi va ostidagi asfalt yer qatlamining o‘pirilishi tufayli u bir tomonlama chuqurga tushib qolgan.

Holatda avtokran haydovchisi va hududda ta’mirlash ishlarini olib borayotgan ishchi xodimlar jabrlanmagan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda avtokran ta’mirlash ishlari olib borilayotgan chuqurga tushib ketdi