DXX xodimlari tomonidan prokuratura organlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tekshiruv tadbirlarida Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida kredit mablag‘larini talon-toroj qilish holati aniqlandi.
Hukumat qaroriga asosan, 2020 yili Ohangaron tumanidagi tijorat banklaridan biri hamda sut mahsulotlari yetishtirish va naslli mollarni ko‘paytirish bilan shug‘ullanuvchi “TQD” fermer xo‘jaligi o‘rtasida tuzilgan shartnomaga asosan 7 yil muddatga 2 yillik imtiyozli davr bilan yillik 18 foiz ustama to‘lash, shundan 3 foizini Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi hisobidan qoplab berish sharti bilan 5,5 mlrd so‘m ajratilgan.
Mazkur mablag‘ hisobiga Avstriyadan 194 bosh naslli, yirik shoxli chorva mollari olib kelinishida fermer xo‘jalik 843,4 mln so‘mlik soliq va bojxona to‘lovlaridan ozod qilingan. Shuningdek, xorijdan keltirilgan chorva mollari uchun 278 mln so‘mlik subsidiya mablag‘i ajratilgan.
Ammo fermer xo‘jalik mas’ullari bankka taqdim qilingan biznes rejada ko‘rsatilgan sut mahsulotlari yetishtirish va naslli mollarni ko‘paytirish bilan amalda shug‘ullanmagan. Mas’ullar nasldor qoramolni kamida 2 avlod olguncha saqlamasdan 98 bosh naslli chorva mollarini naqd pulga sotib yuborib, 2 mlrd 833,3 mln so‘mlik kredit mablag‘larini talon-toroj qilgan.
Shuningdek, ajratilgan kredit mablag‘lari maqsadli sarflanishi yuzasidan bank mansabdor shaxslari tomonidan monitoring ishlari kerakli darajada olib borilmagan.
Hozirda holat yuzasidan fermer xo‘jalik mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) 3-qismi “a” bandi va 192-11–moddasi (nodavlat tijorat tashkilotida yoki boshqa nodavlat tashkilotida mansabdor shaxslar tomonidan o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilish) 2-qismi “a” bandi bilan, bank mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 207-moddasi (mansabga sovuqqonlik bilan qarash) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar