15:13 / 13.06.2024
83

AQSH O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish harakatlarini qo‘llab-quvvatladi

AQSH O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish harakatlarini qo‘llab-quvvatladi
Foto: Getty Images
AQSH savdo vakili Ketrin Tay O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatladi.

Ketrin Tayning O‘zbekistonga tashrifida prezident Shavkat Mirziyoyev va hukumat vakillari o‘rtasida ikki tomonlama uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Ikki davlat o‘zaro savdo va sarmoyaviy munosabatlarni diversifikatsiya qilish, umumiy iqtisodiy ustuvorliklar bo‘yicha muloqotni chuqurlashtirish tarafdorligini tasdiqladi.

Tay O‘zbekistonda eksport diversifikatsiyasini rag‘batlantirishda GSP muhim rol o‘ynashini bildirdi. AQSH O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish yo‘lidagi qat’iyatini, mamlakat milliy qonunchiligini JST qoidalari va tamoyillariga muvofiqlashtirish borasidagi sa’y-harakatlarini olqishladi.

Amerikalik mulozim O‘zbekiston intellektual mulkning huquqiy muhofazasi va himoyasi bo‘yicha AQSHning kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxatidan (qora ro‘yxat) chiqarilgani bilan tabrikladi.

Ular AQSHning Markaziy Osiyoda savdo va transport aloqalarini kengaytirishda ko‘rsatayotgan yordamini yuqori baholadi. Qo‘shma Shtatlar va O‘zbekiston ayollarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish va nogironlar huquqlarini ta’minlash bo‘yicha hamkorlikni davom ettirish majburiyatini oldi”, — deyiladi AQSH Savdo vazirligi bayonotida.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » AQSH O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish harakatlarini qo‘llab-quvvatladi