Foto: Prezident matbuot xizmati
Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Koreya Respublikasi prezidenti Yun Sok Yolning tor doiradagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Suhbat avvalida davlat rahbari mehmonni qutlab, diplomatik aloqalar o‘rnatilganining 32 yilligi va O‘zbekiston-Koreya alohida strategik sheriklik munosabatlarining besh yilligi bilan tabrikladi.
Uchrashuv chog‘ida siyosiy, savdo-iqtisodiy, texnologik va boshqa ustuvor sohalarda amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Koreya Respublikasi O‘zbekistonning yetakchi savdo va investitsiya hamkorlaridan biri ekanligi ta’kidlandi. O‘tgan yili tovar ayirboshlash 2,5 milliard dollarni tashkil etdi, koreys investitsiyalari hajmi 7,5 milliard dollardan oshdi. Turistlar oqimi ortib bormoqda, Toshkent va Seul o‘rtasida bir haftada 10 ta aviaparvoz amalga oshirilmoqda.
Hamkorlik salohiyatidan yanada samarali foydalanish, yirik yuqori texnologik loyihalarni aniqlash va ilgari surish uchun yangi sheriklik modelini shakllantirish yuzasidan kelishuvga erishildi.
Madaniy-gumanitar almashinuv samarali rivojlanayotgani yuqori baholandi. Respublikada Koreya yetakchi oliygohlarining 4 ta filiali muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda. O‘z navbatida, Janubiy Koreyada 11 mingdan ortiq o‘zbekistonlik talabalar ta’lim olmoqda.
Koreya madaniyati uyi, Ko‘p tarmoqli bolalar klinikasi, Toshkentdagi Seul bog‘i va Seul ko‘chasi do‘stlik va hamkorlikning haqiqiy ramziga aylandi.
Prezidentlar xalqaro tashkilotlar doirasida o‘zaro qo‘llab-quvvatlashning ahamiyatini ta’kidladilar.
Shuningdek, mintaqaviy, jumladan, "Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi" formatidagi hamkorlik masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Xavfsizlik va mudofaa sohasida, xususan, kiberjinoyatlar, terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bo‘yicha yaqin aloqalarni o‘rnatishga alohida e’tibor qaratildi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi