
Kadr: Telegram
Toshkent shahar IIBB Bektemir tumanida elektrobus va yengil mashina haydovchilari o‘rtasida sodir bo‘lgan janjal yuzasidan ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, 16 iyun kuni soat 15.30 larda Bektemir tumanidagi Husayn Boyqaro shohko‘chasida 35 yoshli elektrobus haydovchisi Sh.Sh. va Nexia-2 haydovchisi R.I. (1972 yilda tug‘ilgan ) hamda “Zaz-1102” haydovchisi F.Z. o‘rtasida o‘zaro janjal yuzaga kelgan.
Birlamchi ma’lumotga ko‘ra, janjal avtobus bekatda to‘xtagan vaqtida ortidan yuqorida qayd etilgan ikkita yengil avtomashina to‘qnashgani sabab yuzaga kelgan.
Mazkur holat yuzasidan Bektemir tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda. “Natijasi bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi”, — deyiladi xabarda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar