Foto: Videodan kadr
Namangan viloyatining Chust tumanida sel vaqtida 16 va 14 yoshli qizlarni uy devori bosib qoldi. Ulardan biri vafot etgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, holat 17 iyun kuni soat 16:00 da tumanning Toymosobod mahallasi Kamarbasta ko‘chasida sodir bo‘lgan. 14 yoshli Z.Yu. va 16 yoshli K.Yu. uy darvozaxonasiga kirayotgan yomg‘ir suvini to‘sish maqsadida devor oldiga borgan. Shu vaqtda uy devori tag qismi bilan ularning ustiga qulab tushgan.14 yoshli Z.Yu. voqea joyida halok bo‘lgan, K.Yu. esa jarohat olib, tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.
Hodisa joyi tuman prokurori X.Xakimov rahbarligidagi tezkor tergov guruhi a’zolari tomonidan ko‘zdan kechirilib, protsessual hujjatlar rasmiylashtirilgan.
Marhumada qo‘shma shikastlar, kalla miya, bo‘yin, ko‘krak qafasi, qorin, chanoq shikastlari borligi, kalla gumbaz, peshana tepa, o‘ng chakka suyak siniqlari kalla asosiga o‘tishi, miya majag‘lanishi, bo‘yin va ko‘krak umurtqalari ko‘plab sinishi, chap tomondan ko‘plab qovurg‘alar sinishi, o‘pkalar va yurakning ko‘krak qafasidan pastga chiqib qolishi kabi jarohatlar aniqlangan.
Shuningdek, tuman tibbiyot birlashmasining dastlabki ma’lumotida K.Yu.ning tanasida qo‘shma shikast, chanoq suyaklari va o‘ng boldir suyaklarining siljigan sinishi, tananing ko‘plab shilinmalari borligi, ahvoli og‘ir holatdaligi ko‘rsatilgan.
Hozirda holat yuzasidan Chust tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib bormoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi