Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyevga diniy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan ishlar haqida axborot berildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Barcha fuqarolarning huquq va erkinliklarini har tomonlama himoya qilish ko‘p millatli O‘zbekistondagi yangilanishlarning asosiy ustuvor yo‘nalishidir. Shunday ajralmas huquqlardan biri – din erkinligidir. Mamlakatda e’tiqod qiluvchilar ibodat amallarini emin-erkin ado etishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilmoqda.
Ta’kidlash joizki, Yangi O‘zbekiston siyosati nafaqat xalqimiz orasida, balki xalqaro jamoatchilikda ham munosib e’tirofga sazovor bo‘lmoqda.
Mustaqillikning dastlabki yillarida Makkayu Madinada muqaddas haj amalini ado etishga muyassar bo‘lgan vatandoshlar soni barmoq bilan sanoqli bo‘lgan bo‘lsa, bugungi kunda 15 mingdan ziyod o‘zbekistonlik muqaddas ziyoratga bordi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning xalqimizga Qurbon hayiti tabrigi, Musulmonlar idorasi raisi muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar bilan telefon orqali suhbat qilib, hojilar holidan xabar olgani bu yilgi haj mavsumining yorqin voqealaridan bo‘ldi.
Qisqa muddat ichida O‘zbekistonda diniy-ma’rifiy sohada malakali kadrlarni tayyorlash bo‘yicha kompleks tizim yaratildi. Olimlarimizning boy merosini o‘rganish va ommalashtirish maqsadida ilmiy tadqiqot markazlari faoliyat boshladi. Bunga misol sifatida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, Mir Arab oliy madrasasi, Hadis ilmi maktabi, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy tadqiqot markazlarini keltirish mumkin. Imom Buxoriy yodgorlik majmuasida keng ko‘lamli yangilash va obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.
Bugungi yig‘ilishda buyuk mutafakkirlarning asarlarini aholi, ayniqsa yoshlar orasida keng o‘rganish va targ‘ib qilish zarurligi alohida ta’kidlandi. Zero bu asarlarda islomning asl mohiyati, muqaddas dinimizning insonparvar g‘oyalari mujassam. Bu, ayniqsa, hozirgi tahlikali davrda, dunyoda turli kuchlar din mohiyatini buzishga va yoshlarni haqiqiy yo‘ldan adashtirishga urinayotgan bir paytda juda dolzarb.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Bu jarayonda ayni kunlarda muqaddas Makkada haj ibodatini ado etayotgan yurtdoshlarimizning ham katta o‘rni borligi ta’kidlandi. Yaqinda hojilar o‘z mahallalarida yosh avlod tarbiyasi va ma’naviy kamolotiga munosib hissa qo‘shishga tayyor ekanliklarini bildirib murojaat qabul qildi.
Shuningdek, davlat rahbari bu ishlarda xalq va chet ellik mehmonlarni ajdodlarning bebaho merosi bilan keng tanishtirishga, ma’rifatli islom g‘oyalarini ilgari surishga xizmat qiladigan Islom sivilizatsiyasi markazi faol ishtirok etishi muhimligini ta’kidladi. Bugungi kunda tarixchi olim va ulamolar bilan birgalikda markaz faoliyatini yangi mazmun bilan boyitish ishlari olib borilmoqda.
Markazning kelgusidagi rejalari to‘g‘risida axborot berildi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi