Foto: “Gazeta.uz”
Toshkent shahri Shayxontohur tumanida 19 iyun kuni jamoat joyida yuzini tanib bo‘lmas darajada yopib yurgan yigit ushlandi.
Qayd etilishicha, “Chorsu” bozori oldida qora ro‘mol kiygan, ayol ko‘rinishidagi shaxs o‘z harakati orqali shubha uyg‘otgani uchun tuman IIB xodimlari tomonidan to‘xtatilgan. So‘ng shaxsiga aniqlik kiritish maqsadida tuman ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limiga olib borilgan.
“Gazeta.uz”ning huquqni muhofaza qiluvchi organlardagi manbasiga tayanib yozishicha, tekshiruv vaqtida ushbu shaxs Toshkent viloyati Bo‘ka tumanida yashovchi 22 yoshli B.P. (erkak) ekani aniqlangan.
Surishtiruv davomida u 2023 yil oktyabr oyida Rossiyaning Moskva shahriga ishlash maqsadida ketib, 2024 yil 17 iyunda qaytgani, 19 iyun kuni yashash manzilidan chiqib, “Chorsu” bozori tomonga aylanish maqsadida kelgani ma’lum bo‘lgan.
"U IIB xodimlari tomonidan to‘xtatilib tekshirilganda qonuniy talabga bo‘ysunmay, faol qarshilik ko‘rsatgan. Surishtiruv davomida fuqaro yoshlik chog‘idan buyon ayollarga xos kiyinishga qiziqib, ko‘cha-ko‘yda ovoz tonini mayin qilib, ayollar ovoziga o‘xshatib gapirishi, vaqti-vaqti bilan burqa-hijob o‘rab yurishi aniqlandi", — deyiladi xabarda.
Holat yuzasidan yigitga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 194- (ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik), 195- (ichki ishlar organlari xodimlarining o‘z xizmat burchlarini bajarishlariga qarshilik ko‘rsatish) hamda 184−4-moddalari (jamoat joylarida shaxsini identifikatsiya qilish imkonini bermaydigan ko‘rinishda bo‘lish)ga asosan hujjatlar rasmiylashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, 2023 yil sentyabrda O‘zbekistonda jamoat joylarida yuzini to‘sib yurishni taqiqlovchi qonun Senat tomonidan ma’qullangandi. 31 oktyabr kuni prezident ushbu qonunni imzolagan. Qonun bilan Jinoyat hamda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan edi.
Unga ko‘ra, Jamoat joylarida shaxsini identifikatsiya qilish imkonini bermaydigan darajada yuzini to‘sgan holda bo‘lish BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha (3 million 300 ming so‘mdan 4 million 950 ming so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?