08:36 / 23.06.2024
94

Arzonlashtirilgan savdo yarmarkasida mahsulotlar narx-navosi o‘rganildi

Arzonlashtirilgan savdo yarmarkasida mahsulotlar narx-navosi o‘rganildi
Foto: Qishloq xo‘jaligi vazirligi
Toshkentdagi bozorda arzonlashtirilgan savdo yarmarkasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarning narx-navosi o‘rganildi. Bu haqda Qishloq xo‘jaligi vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Oliy Majlis Senati Agrar va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha qo‘mitasi rahbari Bahodir Tojiyev va Qishloq xo‘jaligi vazirligi boshqarma boshlig‘i Bahodir Yunusovlar tomonidan poytaxtimizdagi “Farhod” dehqon bozorida oziq-ovqat xavfsizligi hamda narx-navo barqarorligini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar, sotuvchi va xaridorlarga yaratilgan sharoitlar o‘rganildi.

Dehqon bozorida arzonlashtirilgan savdo yarmarkasi tashkil etilgan bo‘lib, unda asosan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sotiladi. Bu yerda aholi ehtiyoji uchun barcha turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini arzonlashtirilgan narxlarda topish mumkin. O‘rganishlar davomida parrandachilik mahsuloti — tuxumning 1 donasi 900-1100 so‘m, mol go‘shti (1 kg) 60 ming so‘m, qo‘y go‘shti (1 kg) 65 ming so‘m, shakar (1 kg) 13300 so‘m, pomidor (1 kg) 4000-5000 so‘m, sabzi (1 kg) 2500 so‘mdan, piyozning narxi 1,5 ming so‘m va kartoshka 3,5 ming so‘m ekani qayd etildi.

Aholining kunlik ehtiyojini qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash borasida bozor ma’muriyati va Toshkent viloyati hamda Surxondaryo viloyatlari fermer dehqon xo‘jaliklari o‘rtasida shartnomalar mavjud bo‘lib, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bosqichma-bosqich yetkaziladi. Mahsulotlar zaxirasini shakllantirish va ularni talafotsiz saqlash bo‘yicha ham barcha sharoitlarga ega saqlash omborlari tashkil etilgan.

Qayd etilishicha, bu kabi narx-navolar monitoringini amalga oshirish aholiga arzon va sifatli mahsulotlarni yetkazish bilan birga narxlarning sun’iy va asossiz ravishda oshirilishining oldini olishga xizmat qiladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Arzonlashtirilgan savdo yarmarkasida mahsulotlar narx-navosi o‘rganildi