Foto: IIB
Farg‘ona viloyatida olib borilgan tezkor tadbirlar davomida jinoyat olami vakillari bilan yaqin aloqada bo‘lgan va bir qancha jinoyatlarni sodir etishda gumonlanayotgan Egamberdiyev Abdullo Tavakkal o‘g‘li ushlangan. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, ushbu shaxs 1990 yilda tug‘ilgan, Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumani “Baland masjid” MFY Navro‘z ko‘chasi 14-uyda yashovchi, muqaddam Jinoyat kodeksining 166-moddasi (Talonchilik) 2-qismi bilan sudlangan.
U 2022-2023 yillarda “Baxti Tashkentskiy” nomi bilan tanilgan kriminal avtoritet Baxtiyor Qudratilloyev hamda ”Salimboyvachcha” — Salim Abduvaliyev bilan tanishib, ular bilan yaqin aloqada bo‘lgan hamda jinoyat olamida yetakchi bo‘lishga uringan. Tezkor tadbirda Abdullo Egamberdiyev Farg‘ona shahrining Qirguli mavzesida qo‘lga olingan.
Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) 2-qismi “a”, “b” bandlari, 28-moddasi orqali 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
“Hurmatli fuqarolar! Agar siz ham ushbu shaxsdan jabr ko‘rgan bo‘lsangiz, yaqin oradagi ichi ishlar organlariga yoki 102 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, xabar berishingiz so‘raladi”, deyilgan xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi