Mo‘g‘uliston prezidenti Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘ydi

Davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘lib turgan Mo‘g‘uliston prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux rafiqasi bilan birgalikda «Yangi O‘zbekiston» bog‘iga tashrif buyurib, Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘ydi.
Oliy martabali mehmon majmua me’moriy yechimlari hamda kompozitsiyasining mazmun-mohiyati va xususiyatlari bilan tanishdi.
«Majmua Mo‘g‘uliston delegatsiyasida katta taassurot qoldirdi.
Qayd etish o‘rinliki, mamlakatimizga tashrif buyurayotgan Oliy martabali mehmonlarning Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbuslari bilan bunyod etilgan mazkur muhtasham majmua bilan tanishuvi an’anaga aylangan», – deyiladi xabarda.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Oliy martabali mehmon majmua me’moriy yechimlari hamda kompozitsiyasining mazmun-mohiyati va xususiyatlari bilan tanishdi.
«Majmua Mo‘g‘uliston delegatsiyasida katta taassurot qoldirdi.
Qayd etish o‘rinliki, mamlakatimizga tashrif buyurayotgan Oliy martabali mehmonlarning Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbuslari bilan bunyod etilgan mazkur muhtasham majmua bilan tanishuvi an’anaga aylangan», – deyiladi xabarda.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…