12:51 / 24.06.2024
59

Ko‘ksaroyda Mo‘g‘uliston prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi

Ko‘ksaroyda Mo‘g‘uliston prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekistonga davlat tashrifini amalga oshirayotgan Mo‘g‘uliston prezidenti Uxnaagiyn Xurelsuxni rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Qarorgoh oldidagi maydonda faxriy qorovul saf tortdi. Shavkat Mirziyoyev oliy martabali mehmonni samimiy kutib oldi va shohsupaga taklif qildi. Harbiy orkestr ikki mamlakat davlat madhiyalarini ijro etdi.

Yetakchilar faxriy qorovul safi oldidan o‘tib, rasmiy delegatsiyalar a’zolarini qutladilar. Birgalikda suratga tushish marosimidan so‘ng oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati
Avvalroq Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Mo‘g‘uliston yetakchisi 23—26 iyun kunlari davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘lishi haqida xabar berilgandi. 23 iyun kuni Uxnaagiyn Xurelsux rafiqasi Luvsandorj Bolortseseg hamrohligida O‘zbekistonga tashrif buyurgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ko‘ksaroyda Mo‘g‘uliston prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi