Parvoz vaqtida ko‘pchilik yo‘lovchilar bortda xizmat ko‘rsatilishni intiqlik bilan kutadi. Agar samolyot reysi o‘z ichiga ovqatlanish xizmatini olmagan bo‘lsa-da, yo‘lovchilar choy, qahva kabi ichimliklarni rad etmaydi. Samolyotda issiq taom bilan o‘zini siylash ham uzoq yo‘llik sarguzashtning bir qismiga aylanadi, axir biz har kuni samolyotda uchmaymiz.
Foto: The Voicemag
Doimiy ish vaqti parvozda o‘tadigan bort xodimlari va styuardessalar samolyotda taklif etiladigan barcha taom va ichimliklarni iste’mol qilavermaydi. To‘g‘ri, parvoz paytida ovqatlanish tartibi va gigiyenaga qo‘yilgan talablar turli aviakompaniyalarda har xil bo‘ladi, ammo hech qaysi aviakompaniya kamchiliklardan xoli emas.
Qahva, choy va suv
Bort kuzatuvchilari ogohlantiradi: samolyotda taklif etiladigan plastik hamda shisha idishdagi suvlar xavfsiz, ularni mustaqil tekshirib ko‘rishingiz ham mumkin. Qahva va choy uchun issiq suv esa ko‘pincha vodoprovod suvidan olinadi. Salqin ichimliklarga solinadigan muz ham vodoprovod suvidan tayyorlanadi.
Zamonaviy samolyotlar retsirkulyatsiyaga ega suv ta’minoti bilan jihozlangan. Parvozdan avval u yerga maishiy ehtiyojlar uchun ichimlik suvi quyiladi. Ammo bunday quvurlar qanchalik tez-tez tozalab turilishi noma’lum. Shu sababli styuardessalar parvoz vaqtida choy va qahva ichmaydi. Qolaversa, bunday ichimliklar ortiqcha suvsizlanishga olib keladi.
Spirtli ichimliklar
Yuqori balandlikda ichilgan spirtli mahsulotlar organizmga ko‘proq salbiy ta’sir ko‘rsatib, gipoksiyani keltirib chiqaradi. Bunda tana to‘qimalariga kislorod kam yetib boradi va organizm suvsizlanishiga olib keladi. Shuning uchun aviakompaniya xodimlari hech qachon parvoz vaqtida spirtli ichimliklar ichmaydi.
Gazaklar
Bort xodimlari sho‘r, achchiq va turli gazaklar, jumladan, pishloq va zaytunni iste’mol qilmaydi, chunki bunday mahsulotlar ham suvsizlanishga olib keladi. Ular tarkibida katta miqdorda natriy bo‘lgani uchun chanqoq yuzaga keladi.
Foto: Getty Images
Samolyot xodimlarida keng tarqalgan kasallik — qabziyat sababi ham aynan balandlik va katta tezlikda uchishdan kelib chiqadi. Shunday ekan, tanadagi suv balansi buzilish ehtimoli yuqori bo‘lgan styuardessalar va bort kuzatuvchilari vaziyatni og‘irlashtirmaslikka harakat qiladi.
Bundan tashqari, muzlatkichda saqlanishi shart bo‘lgan har qanday mahsulot sifati va yangiligi shubha tug‘diradi. Shu sababli samolyotda taklif etiladigan kolbasa va pishloq mahsulotlaridan tiyilish lozim.
Issiq ovqatlar
Samolyotda bosim past bo‘lgani tufayli barcha taomlar ta’mi bir oz o‘zgaradi, shuning uchun samolyot ovqatlariga ko‘proq tuz va ziravorlar qo‘shiladi.
Samolyotda nimalar yeyish mumkin?
Parvoz vaqtida iste’mol qilinadigan natriyga boy va qayta ishlangan mahsulotlar bosh og‘rig‘i, charchoq, oshqozondagi buzilishlarga olib kelishi mumkin. Shuning uchun samolyotda yog‘siz va oqsilga boy mahsulotlar, sabzavot va mevalar yeyish tavsiya etiladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi