11 yoshli qizni zo‘rlab kelgan erkak qo‘lga olingan. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi xabar bermoqda. Xabarda voqea qachon, qaysi hududda ro‘y berganiga aniqlik kiritilmagan.
Ma’lum qilinishicha, 5 farzandning otasi bo‘lgan shaxs qonuniy xotini bo‘la turib, bloger niqobi ostida boshqa bir erkak bilan rasmiy nikohi bekor qilinmagan ayolni o‘ziga ikkinchi xotin qilib olgan. Shu bilan ham qoniqmay, ikkinchi xotinining voyaga yetmagan qizini ham muntazam zo‘rlab kelgan.
Ijtimoiy himoya milliy agentligi rahbariyatining aralashuvi bilan, bolaning huquqlari poymol bo‘lishi oldi olingan. Hozirda agentlik tomonidan jabrlanuvchiga zarur tibbiy, psixologik va ijtimoiy ko‘mak ko‘rsatilmoqda.
Voyaga yetmagan shaxsga nisbatan jinsiy jinoyat sodir etgan 31 yoshli A.K. rad etib bo‘lmas dalillar bilan qo‘lga olingan.
Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 119-moddasi 4-qismi (Jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan qondirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Jinoyat kodeksining mazkur moddasida 15 yildan 20 ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar