Foto: Samarqand viloyati IIB axborot xizmati
Samarqand viloyati Jomboy tumanidan o‘tgan M-39 avtomobil yo‘lida uchta transport vositasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 26 iyun kuni tungi soat 22:30 lar atrofida Jomboy tumani “Beshbola” MFY hududidan o‘tuvchi Olmaota—Toshkent—Termiz avtomobil yo‘lida Nexia rusumli transport vositasi qayrilib olayotgan vaqtida o‘zi bilan bir yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan MAN rusumli yuk transport vositasi orqasidan kelib urib yuborgan.
Oqibatda Nexia rusumli avtomashina qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan “GAZ-60” rusumli transport vositasining oldi qismi bilan to‘qnashgan, undan so‘ng MAN yuk transport vositasi yo‘lni ikkiga ajratib turuvchi beton to‘siqqa kelib urilgan.
Shundan so‘ng yuk transport vositasining salon qismida yong‘in sodir bo‘lgan. Yong‘in zudlik bilan FVB tomonidan bartaraf qilingan. Hodisa oqibatida og‘ir tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.
Hozirda holat yuzasidan Jomboy tuman IIB JXX YHXB tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar