10:50 / 28.06.2024
146

Toshkentda narkolaboratoriya tashkil etgan Ukraina va Ozarbayjon fuqarolari ushlandi

Toshkentda narkolaboratoriya tashkil etgan Ukraina va Ozarbayjon fuqarolari ushlandi
Foto: Videodan kadr
Toshkent shahri va Toshkent viloyatida giyohvandlik vositalar savdosi bilan shug‘ullangan shaxslar aniqlanib, qamoqqa olindi.

Giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish doirasida DXX xodimlari tomonidan bojxona hamda ichki ishlar idoralari bilan hamkorlikda tezkor tadbirlar o‘tkazildi.

Xususan, 1998 yilda tug‘ilgan Ukraina fuqarosi va 2001 yilda tug‘ilgan Ozarbayjon fuqarosi vaqtincha istiqomat qilayotgan Yuqori Chirchiq tumanidagi xonadonda 411 gramm “Alfa-PVP” sintetik giyohvandlik vositasi, 7 kiloga yaqin yarim tayyor narkotik moddalar hamda 237 kilo prekursorlar borligi aniqlanib, prosessual tartibda rasmiylashtirib olingan.

Ma’lum bo‘lishicha, ular ushbu manzilda yashirin narkolaboratoriya tashkil etib, xorijdan keltirilgan xom-ashyolar yordamida sintetik giyohvandlik vositalarini tayyorlash va sotish bilan shug‘ullangan.

Sergeli tumanida qayd etilgan holatda, qo‘shni respublikadan xalqaro yo‘lovchi tashuvchi avtobus orqali yuborilgan 4 kilogram 799 gramm “Alfa-PVP” sintetik narkotikni qabul qilib olgan vaqtida mazkur tumanda yashovchi, 1985 yilda tug‘ilgan shaxs qo‘lga olingan.

Aniqlanishicha, u Telegram messenjerida faoliyat yurituvchi narkodo‘kon uchun ombor vazifasini bajarib kelgan.

Boshqa holatda esa, Yunusobod tumanida istiqomat qiluvchi, 1999 yilda tug‘ilgan shaxs o‘zining yashash xonadoni yaqinida joylashgan elektr transformatori ostiga kelgusida sotish maqsadida 584 gramm gashish moddasini yashirib qo‘ygani aniqlanib, ushbu giyohvandlik vositasi prosessual tartibda rasmiylashtirib olingan.

Mazkur fuqaro Telegram messenjerida narkodo‘kon tashkil qilib, xorijdan olib kelingan giyohvandlik vositalari savdosi bilan shug‘ullangan.

Hozirda uchala holat yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, qonunbuzarlarga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda narkolaboratoriya tashkil etgan Ukraina va Ozarbayjon fuqarolari ushlandi