1 242
Lola Ahmedova xonanda singlisi va sevib turmush qurganidan afsuslanishi haqida gapirdi
Foto: Instagram
Xonanda Lola Ahmedova “Milliy” telekanaliga bergan intervyusida singlisi Shahlo nima sababdan uni Instagram'da bloklagani haqida so‘zlab berdi. Shuningdek, xonanda ilk marta sevgidan kuyganini aytib, ajrashganiga ishora qildi.
— Shahloning kuylash uslubi menikidan tubdan farq qiladi. U g‘arb yo‘nalishida ko‘proq ijod qiladi. Mening yo‘nalishim milliy estrada. Shuning uchun ikkalamizga birdek mos tushadigan qo‘shiq topa olmaganmiz.
Shahloni Instagramda kuzatmasligimga kelsak, u meni va onamni blokka tiqib qo‘ygan. Bilasiz, uning yo‘nalishi va kiyinishi ham boshqacha. Uyda birinchi navbatda tanqid toshlari Shahloga otiladi. Ko‘pincha kiyimlari uchun. Men tushunaman Shahloni, u zamonaviy qiz, Moskvada yevro patokda o‘qigan. Unga yarashadi ham bu uslub. Uning formati shunaqa. Buni tushunish kerak.
Onam Shahloning Instagram'idagi negativ kommentlarni o‘qib siqilib qolardi. Bir kuni Instagram'dan Shahloga nimadir jo‘natmoqchi bo‘lib, uni izlasam topilmadi. Keyin Shahloga Telegram'dan yozdim. “Opa, kiyinishimni tanqid qilaverasizlar, izohlarni o‘qib siqilasizlar, shuning uchun sahifamda onam ikkalangizni bloklab qo‘ydim”, dedi. Keyin onam “Yaxshi qilibsan, blokdan chiqarma, izohlarni ko‘rmayin ham kuymayin ham”, dedi. Shu-shu biz uning sahifasini kuzatmay ketdik. Lekin o‘rtamizda gina saqlash yo‘q. Hech qanday janjallar ham bo‘lmagan, — deydi xonanda.
“10 yil avvalgi o‘zingizga nimalar degan bo‘lardingiz?”, degan savolga xonanda quyidagicha javob berdi:
— 10 yil avvalgi o‘zimga ishonuvchan bo‘lmagin, derdim. Chunki ishonuvchanlik insonga ko‘p pand berarkan. Lekin hayotda kimgadir, nimagadir ishonib yashashingiz kerak-ku? Lekin hozir hammani yaxshi deb o‘ylashga shoshilmayman.
“Sevib turmush qurma”, degan bo‘lardim. Chunki ongli ravishda sevish kerak ekan. Ko‘r-ko‘rona sevmaslik kerak ekan. Agar bir insonning ichki dunyosini bilmasdan turib sevsangiz, u bilan baxtli bo‘lishingiz qiyin. Sevgida adashganman.
Aytishadi-ku, bir insonni bilish uchun u bilan sayohatga chiqib ko‘r, yashab ko‘r, qarz so‘ra deb. Birga yashamaganingizcha u insonni bilmas ekansiz. Haqiqiy yuzi, haqiqiy ichki dunyosi birga yashaganingizda bilinarkan. Balki men hayotdan kuyganim uchun shunday xulosaga kelgandirman. Lekin bilasizmi, insonni kimligini bilish uchun turmush qurishdan avval o‘sha inson bilan urishib ko‘rish kerak ekan. Chunki bir inson bilan janjallashganda emotsiyalarga berilib ketganida u o‘zini bosa oladimi yo‘qmi, ko‘rinadi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi