Bugungi kunda o‘zbekistonlik 110 ming nafar o‘g‘il-qizlar xorijda tahsil olmoqda. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, “El-yurt umidi” jamg‘armasi orqali yetti yilda AQSHning “Pechak ligasi”ga kiruvchi Garvard, Yel, Kolumbiya, Stenford kabi top-8 ta, Buyuk Britaniyanining “Rassell guruhi”dagi Oksford, Kembridj, Birmingem kabi 24 ta oliygohni 50 nafar yoshlar bitirdi.
Bu nufuzli oliygohlarda o‘qiyotgan yoshlar soni esa 200 dan oshdi. Shuningdek, mamlakatda yoshlarni tadbirkorlikka jalb qilish doirasida o‘tgan to‘rt yilda:
- “Oilaviy tadbirkorlik” dasturlari doirasida 13,5 trillion so‘m kredit ajratilib, 1 million yosh band bo‘ldi.
- “Yoshlar daftari”dan 107 ming o‘g‘il-qizlarimizga 338 milliard so‘m subsidiya berildi.
- 205 ta “Yoshlar sanoat zonasi”da 2,5 trillion so‘mlik 1,2 ming loyiha ishga tushdi.
Yaratilgan sharoitlar hisobiga, biznesini noldan boshlab, hozirda aylanmasini million dollardan oshirgan 1,5 ming nafar yoshlar bor.
“Qilsa bo‘larkan-ku! Eng muhimi, yoshlarimizning yangi-yangi g‘oyalari ko‘p. Ularga faqat e’tibor va sharoit kerak”, — dedi prezident.
Davlat rahbari ushbu sharoitlarni karra-karra ko‘paytirish bo‘yicha yangi tashabbuslarni ilgari surdi. Mamlakat jadal rivojlanishi uchun “to‘rtinchi sanoat inqilobi” kasblari juda muhimligi qayd etildi.
Shu munosabat bilan, yoshlarning fizika, kimyo, biologiya, texnologiya, muhandislik, matematika (STEM) bilan bog‘liq kasblarga qiziqishini oshirish uchun yangi tizim joriy qilinadi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar