12:54 / 13.09.2016
6 264

Xillari Klinton ahvoli yomonlashgani sababli hushidan ketdi

Xillari Klinton ahvoli yomonlashgani sababli hushidan ketdi

AQSh prezidentligiga nomzod Xillari Klinton yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan tadbirda ahvoli yomonlashdi. Internet tarmoqlarda Klinton qo‘riqchilari va maslahatchilari yordamida mashinaga o‘tkazilayotgan vaqtda yiqilgani aks etgan videolar tarqaldi. Shundan so‘ng nomzodning shtabi 68 yoshli Klintonga juma kuni pnevmoniya tashxisi qo‘yilganligi va unga antibiotik buyurilganligini ma’lum qildi. Avvalroq Klinton yo‘tal hurujidan qiynalayotgan bo‘lib, mazkur yo‘tallarni allergiya deb izohlayotgandi. Ushbu xabarlar Klintonning yomon ahvoli haqida mish-mishlar tarqalishiga sabab bo‘ldi, deya xabar beradi "Darakchi" nashri.

“O‘zimni ancha yaxshi his qilyapman”, — dedi studiya bilan aloqaga chiqqan Klinton.

Klinton pnevmoniya tashhisi qo‘yilganligini ma’lum qilmaganligining sababi ahvoli yakshanba kungacha yaxshi bo‘lgani bilan izohladi. U shuningdek shifokor tavsiyalariga amal qilmaganligini ham tan oldi. “Shifokorning tavsiyasini rad etganimga sabab men saylovoldi kampaniyasidan oldin ta’tilga chiqish niyati yo‘q bo‘lganida”, — deydi Klinton.

Yakshanba kuni hushidan ketganligining sababini esa Klinton issiq o‘tib ketgani bilan izohladi. “Men juda qizib ketdim va tadbirdan ketishim kerak degan qarorga keldim”, — deydi u. Klintonning so‘zlariga ko‘ra, kondisionerli mikroavtobusga chiqqach suv ichib, u o‘zini ancha yaxshi his qilgan.

Klinton seshanba kuni Kaliforniyaga safarini bekor qildi. Shifokorlar uning qachon saylovoldi faoliyatiga qaytishi mumkinligi haqida hech narsa deyishmayapti.

Eslatib o‘tamiz, AQSh prezidenti saylovi 8 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Xillari Klinton ahvoli yomonlashgani sababli hushidan ketdi