14:04 / 01.07.2024
190

Chirchiqda belgilanmagan joyda savdo qilgan ayol o‘zini yoqib yuborish bilan tahdid qildi

Chirchiqda belgilanmagan joyda savdo qilgan ayol o‘zini yoqib yuborish bilan tahdid qildi
Kadr: Telegram
Toshkent viloyati Chirchiq shahar hokimligi o‘zini yoqib yubormoqchi bo‘lgan sotuvchi ayol yuzasidan ma’lumot berdi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi Chirchiq shahrida sotuvchi ayol qo‘liga benzin solingan yelim idishni olib, Milliy gvardiya xodimlari oldida o‘zini yoqib yuborish bilan tahdid qilgani tasvirlangan video tarqaldi.

Holat yuzasidan Chirchiq shahar IIB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilgan. Aniqlanishicha, videoyozuvdagi shaxs Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida tug‘ilgan 46 yoshli M.K. bo‘lib (muqaddam uch marotaba javobgarlikka tortilgan), 10 iyun kuni savdo qoidalarini buzayotgani sababli Chirchiq shahar Davlat soliq inspeksiyasi xodimlari tomonidan berilgan ogohlantirishlariga nisbatan o‘zining norozilik harakatlarini shu kabi namoyish qilish orqali bildirishga uringani aniqlangan.

28 iyun kuni M.K qayta ogohlantirishlarga qaramay bozor hududida emas, balki sotuv uchun belgilanmagan joyda noqonuniy savdo qilayotgan vaqtda ishchi guruh tomonidan ayolga tushuntirish ishlari olib borilgan. Ushbu jarayonda fuqaro M.K xodimlarga provokatsiya ko‘rinishidagi salbiy xatti-harakatlarni yuzaga keltirishga uringan.

Ushbu jarayon davomida tan jarohati olganlar yo‘q. Holat bo‘yicha hozirda fuqaro M.K.ga nisbatan tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, qo‘shimcha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Chirchiqda belgilanmagan joyda savdo qilgan ayol o‘zini yoqib yuborish bilan tahdid qildi