20:49 / 03.07.2024
281

Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov kiyim do‘koni tavsiya qilingan rolikda ko‘rinish berdi

Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov kiyim do‘koni tavsiya qilingan rolikda ko‘rinish berdi
Foto: Videodan kadr
Toshkent shahrida joylashgan kiyim do‘konlaridan biri Instagram sahifasiga madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov do‘konni reklama qilganiga oid rolikni joyladi.

Videoda vazir do‘kon Toshkentning qoq markazida joylashganini taʼkidlarkan, o‘zbekistonliklar Italiya sifatiga teng darajada mahsulotlar ishlab chiqarayotganini aytgan.

Bu yerda kiyim-kechaklar, sport yo‘nalishidan tortib klassikagacha, barcha yo‘nalishlar mavjud. Kirib bir narsaga qoyil qoldim, Italiyaning eng yuqori sifatli mollaridan kam emas. Bu holatdan faqat faxrlandik. Barcha o‘zbek xalqini milliy mahsulotlarimizni qo‘llab-quvvatlashga chaqiramiz”, — degan vazir.

Do‘kon rolik joylangan sahifa izohida Ozodbek Nazarbekovni madaniyat vaziri, O‘zbekiston xalq artisti va The Voice of Uzbekistan loyihasi hakamlaridan biri deb tanishtirgan hamda unga eng aktual obraz taqdim etilganini taʼkidlagan.

Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining maʼlum qilishicha, holatning “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunga mosligi o‘rganiladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov kiyim do‘koni tavsiya qilingan rolikda ko‘rinish berdi