
Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovning reklamada qatnashgani holati o‘rganilmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlar orqali, u jumladan Instagramda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri O.Nazarbekov ishtirokida “KINGSMAN UZBEKISTAN” kiyimlar do‘koni haqidagi reklama lavhasi joylashtirilganligi va bu holat keng jamoatchilik tomonidan qonunbuzilish ekanligi ta’kidlanmoqda.
"Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining asosiy vazifalaridan biri mamlakatimizda reklama sohasiga oid qonunchilikni nazorat qilib borish hisoblanadi.
Yuqoridagilarga ko‘ra mazkur holat yuzasidan Qo‘mita tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 07.06.2022 yildagi “Reklama to‘g‘risida”gi Qonuni doirasida o‘rganish ishlari olib borilayotganligini ma’lum qilamiz" deyiladi qo‘mita bayonotida. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar