Vengriya kompaniyasi Toshkentda zamonaviy avtoturargohlarni yaratish loyihasi ustida ishlamoqda. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston elchisi Oybek Shaxavdinov “iCell” kompaniyasi bosh direktori maslahatchisi Gabor Pushtai bilan uchrashuv o‘tkazgan. Muloqot chog‘ida yo‘l va shahar infratuzilmasini rivojlantirish sohasida hamkorlikni chuqurlashtirish va investitsiya loyihasini amalga oshirish masalalarini muhokama qilingan.
Uchrashuvda Vengriya kompaniya tomonidan Toshkent shahridagi avtoturargohlarni boshqarish imkonini beruvchi loyiha ustida olib borayotgan ishlarga alohida e’tibor qaratilgan. Tizim avtoturargohlarni qidirish, bron qilish hamda haq to‘lash uchun yuqori texnologiyali sensorlar va mobil ilovalarni joriy etishga asoslangan. Kompaniya mutaxassislari loyihani samarali amalga oshirishning mumkin bo‘lgan variantlarini o‘rganish va Toshkent shahrining o‘ziga xosligidan kelib chiqqan holda maxsus takliflarni tayyorlash ustida bir yildan ortiq vaqtdan beri ishlamoqda.
Muloqot davomida ushbu loyihani amalga oshirishda respublikaning amaldagi qonunchiligiga huquqbuzarliklar uchun ma’muriy jazo choralari, ularni hal etish yo‘llari, shuningdek, yo‘l harakati ishtirokchilarining huquq va majburiyatlarini aniq tushunishni nazarda tutuvchi moddalarning dispozitsiyalari bo‘yicha o‘zgartishlar kiritish muhim ahamiyatga ega ekani qayd etilgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi