Foto: Boyovut tuman hokimligi axborot xizmati
Sirdaryo viloyati Boyovut tumanida noqonuniy baliq ovlaganlar hayvonot dunyosiga 60 mln so‘mdan ziyod zarar yetkazdi. Bu haqda tuman hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, Sirdaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi hamda viloyat prokuraturasi xodimlari tomonidan nazorat tadbiri o‘tkazildi. Tadbir davomida tuman hududidan oqib o‘tuvchi Janubiy Mirzacho‘l kanalida fuqaro S.A va B.D.lar noqonuniy ravishda taqiqlangan ov quroli, elektr qarmoq yordamida jami 5 turdagi 53 dona, shundan 17 dona sazan, 30 dona karas, 4 dona jerx, 1 dona oq amur va 1 dona ilonbosh baliqlarini ovlayotgan joyida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.
Mazkur noqonuniy ov natijasida hayvonot dunyosiga 60 million 520 ming so‘m zarar yetkazilgani aniqlandi. Holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar viloyat prokuraturasiga tegishli tartibda chora ko‘rish uchun yuborildi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi