11:18 / 05.07.2024
383

Toshkentdagi savdo markazida yuz bergan janjal bo‘yicha tekshiruv boshlandi

Toshkentdagi savdo markazida yuz bergan janjal bo‘yicha tekshiruv boshlandi
Foto: Videodan kadr
Ijtimoiy tarmoqlarda bir nechta fuqarolar o‘zaro janjallashayotgani aks etgan video tarqalib, muhokamalarga sabab bo‘lgandi. Toshkent shahar IIBB holat yuzasidan ma’lumot berdi.

4 iyul kuni taxminan soat 19:30 larda Chilonzor tumanidagi savdo markazlarining birida, oldindan tanish bo‘lgan — 2004 yilda tug‘ilgan A.O. va 1990 yilda tug‘ilgan F.U. qarz masalasida tortishib, o‘zaro janjallashib ketgan.Ularning janjaliga 2007 yilda tug‘ilgan F.O. aralashib, bir-birini qo‘l va oyoqlari bilan urgan.

Qayd etilishicha, zudlik bilan voqea joyiga yetib kelgan PPX xodimlari tomonidan janjal to‘xtatilgan. Tibbiy yordam uchun shifoxonaga murojaat qilganlar yo‘q.

Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentdagi savdo markazida yuz bergan janjal bo‘yicha tekshiruv boshlandi