“E-aktiv” tizimi faoliyati to‘xtatiladi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash va farmatsevtika sohalaridagi tadbirkorlar bilan ochiq muloqotda Soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Qudbiyev ma’lum qildi.
Sherzod Qudbiyevning aytishicha, zamonaviy soliq instrumentlaridan foydalangan holda hozirda tovar (xizmat)lar kirim va chiqimlari bo‘yicha yetarli ma’lumotlar shakllangani sababli “E-aktiv” (E-Ombor)ga ehtiyoj qolmagan.
Ma’lumot uchun, 2022 yil 1 yanvardan boshlab qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilari va ustav kapitalida davlat ulushi 50 foizdan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va tovar-moddiy zaxiralarni hisobga olish, shuningdek, ruxsat etilgan mablag‘larni shakllantirish va kamaytirish bilan bog‘liq barcha operatsiyalar “E-aktiv” avtomatlashtirilgan axborot tizimida aks ettirish shartligi belgilangan edi.
“E-aktiv”dan biz voz kechdik, “E-aktiv” bo‘lmaydi, xudo xohlasa. Buni qilish qiyin ekan. Voz kechildi…, — dedi Sherzod Qudbiyev.
“E-aktiv” avtomatlashtirilgan axborot tizimi joriy etilgan vaqtda tadbirkorlar jiddiy e’tirozlar bildirgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi