13:53 / 14.09.2016
7 925

Xitoylik keksa juftlik g‘orda 50 yildan ortiq hayot kechirmoqda

Xitoylik keksa juftlik g‘orda 50 yildan ortiq hayot kechirmoqda

Xitoyning Sыchuan viloyatilik er-xotin 54 yil davomida g‘orda yashab keldi va u erdan ko‘chib ketishni rad etmoqda. Bu haqda «Jenmin jibao» gazetasi xabar bermoqda.

81 yoshli Lyan Szifu va uning 77 yoshli rafiqasi Li Suin 54 yil avval g‘orga kelib, qo‘nim topishadi, chunki ularning o‘ziga uy sotib olishga puli yo‘q edi. Yillar sayin yoshlar g‘orda o‘z hayotini qura boshladi, uni yotoqxona, oshxona, mehmonxona bilan jihozlashdi va kichik fermer xo‘jaligini tashkil qilishadi.

Gazetaning yozishicha, ularning g‘ordagi turmushi davomida to‘rt farzandi dunyoga keladi. Xitoy hukumati ularga yaxshi turar-joy taklif qiladi, biroq oilaning o‘z g‘orini tashlab ketish niyati yo‘q.

Lyan Szifu va Li Suinning holati Xitoydagi birinchi hodisa emas. 2011 yilda jurnalistlar Guychjou viloyatidagi tog‘ g‘orida joylashgan qishloqqa e’tibor qaratdi. G‘or dengiz sathidan 1800 metr balandlikda joylashgan. G‘orda doimiy tarzda 100dan ortiq odam yashaydi. Bu erda sport maydoni, uy hayvonlari uchun maydon bor. Avvalari maktab ham bor edi.

Biroq mamlakat hukumati maktablarni yopishga buyruq berib, Xitoy «g‘or odamlari jamiyati» emasligini aytib o‘tdi. Biroq ayrim manbalar qayd etishicha, Xitoyda hozirgacha 30 millionga yaqin inson o‘z qo‘li bilan jihozlagan g‘orlarda yashaydi.

Bundan tashqari, ko‘plab aholi orasida g‘or qimmat bo‘lmagan va ekologik toza uy hisoblanadi. Ayrim g‘orlar ijaraga beriladi, hatto sotiladi. Ularning narxi ba’zan o‘n ming dollargacha ko‘tariladi.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Xitoylik keksa juftlik g‘orda 50 yildan ortiq hayot kechirmoqda