Raqobat qo‘mitasi elektr energiyasi ortiqcha hisoblananayotgan holatlarni o‘rganadi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, ijtimoiy tarmoqlarda hisoblagichlarning elektr quvvatini ortiqcha hisoblayotganligi va bu qo‘shimcha xarajatlarga sabab bo‘layotganligi yuzasidan iste’molchilar tomonidan murojaatlar tarqalib, bu keng jamoatchilikning e’tirozlariga sabab bo‘lmoqda.
Mazkur holatlarni joylarga chiqqan holatda o‘rganib, muammolarni manzilli hal etish choralarini ko‘rish maqsadida Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan tezkor ishchi guruh tashkil etilgan. Ishchi guruh tarkibiga Raqobat qo‘mitasi bilan birgalikda, “O‘zenergoinspeksiya”, O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi hamda “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MCHJ vakillari jalb qilingan.
“Ushbu holatlarni o‘rganish davomida aniqlanadigan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha qonuniy choralar ko‘rilishi ta’minlanadi”, deyiladi qo‘mita xabarida.
Iste’molchilardan shu kabi muammoli holatlar mavjud bo‘lsa Raqobat qo‘mitasining yagona ishonch (1159) raqamiga yoki Telegram messenjerida @rquzBot boti orqali murojaat qilish so‘ralgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi