Qo‘qonda 6 yoshli bolani mashina yukxonasiga solgan shaxsga hukm o‘qildi

1 daqiqa o'qish214
Qo‘qonda 6 yoshli bolani mashina yukxonasiga solgan shaxsga hukm o‘qildi
Foto: Videodan kadr
Qo‘qonda 6 yoshli bolani o‘ziga tegishli Nexia mashinasi yukxonasiga solib, mashinani harakatlantirgan shaxsga nisbatan sud hukmi o‘qildi. Kun.uz sud hujjati bilan tanishdi.

Sud hukmida keltirilishicha, 37 yoshli A.M. 2024 yil 14 may kuni soat 19:30 larda Qo‘qon shahri, Parpashabof mahallasi, Obod yurt ko‘chasi 21-uy oldida 2018 yilda tug‘ilgan qo‘shni bolakay unga tosh otganligidan jahli chiqib, uni Nexia mashinasi yukxonasiga solib qo‘ygan. U ushbu harakati bilan bolani g‘ayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilgan.

Sudlanuvchi o‘z ko‘rsatmasida o‘sha kuni hovlisida ish bilan band bo‘lganida voyaga yetmagan qo‘shni bola devor ortidan tosh otganini, bir necha bor bunday qilmaslikni ta’kidlaganini, otilgan toshlardan biri peshonasiga tegib o‘tgach jahli chiqqannini hamda shu uchun bu ishni qilganini bildirgan. U bolani qo‘rqitib qo‘ymoqchi bo‘lgani, uni o‘g‘irlash maqsadi bo‘lmaganini aytib, suddan o‘ziga nisbatan yengillik berishni so‘ragan.

“Ushbu voqea sodir bo‘lgandan so‘ng qo‘shnimning uyidagi videokamerani ko‘zdan kechirdim. Haqiqatan ham o‘g‘lim J.M. sudlanuvchi A.M.ning xonadoniga tosh otgan ekan. Agar o‘g‘lim tosh otmaganida bu voqea ham sodir bo‘lmasdi. O‘g‘limni sudlanuvchi o‘z mashinasining yukxonasiga qamab qo‘ygani tasvirlangan videolavhaning internetda tarqab ketishiga mening aloqam yo‘q, bir tanishim tarqatib yuborgan. Hozirda sudlanuvchiga nisbatan da’vom yo‘q, unga nisbatan yengillik berishingizni so‘rayman”, degan bolaning onasi suddagi o‘z ko‘rsatmasida.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘qon shahar sudining 2024 yil 12 iyundagi hukmi bilan A.M. Jinoyat kodeksining 138-moddasi 1-qismida (birovni zo‘rlik ishlatib, g‘ayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilgan. Unga nisbatan ish haqining 20 foizini davlat daromadiga ushlab qolgan holda 2 yil axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan. 2024 yil 17 maydan 12 iyunga qadar qamoqda o‘tirgan har bir kuni axloq tuzatish ishlari jazosining 3 kuniga tenglashtirib, tayinlangan jazodan 78 kunni chegirib tashlangan hamda o‘tash uchun 1 yil 9 oy 12 kun axloq tuzatish ishlari jazosi qoldirilgan.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?