14:07 / 07.07.2024
116

Toshkentda 16 yoshli yigit Malibu'da piyodani urib ketdi

Toshkentda 16 yoshli yigit Malibu'da piyodani urib ketdi
Foto: Videodan kadr
Toshkentning Uchtepa tumanida 16 yoshli yigit Malibu'da piyodani urib ketdi. Holat aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

Poytaxt YHXB matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, voqea 27 iyun kuni soat 20:10 larda THAY ko‘chasi “Ko‘rkam obod” MFY Milliy gvardiya binosi qarshisida sodir bo‘lgan.

16 yoshli yigit A.X. Malibu-2 avtomashinasini katta tezlikda boshqarib ketayotib, yo‘lni belgilanmagan qismidan kesib o‘tayotgan 39 yoshli erkakni urib yuborgan. Tan jarohatlari olgan piyoda shifoxonaga yotqizilgan.

Malibu-2 ni boshqargan yigit Uchtepa tumanidagi 312-maktabning 10-sinf o‘quvchisi bo‘lib, hodisa vaqtida avtomobilda yana uch nafar tengdoshi bo‘lgan. Ular yuqori tezlikda va svetoforning qizil chirog‘ida harakatlangan.

Ayni paytda holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda 16 yoshli yigit Malibu'da piyodani urib ketdi